
TELBA
Onasining karomogida yashaydigan telba yigit bakalashka terib kun kechirar edi.
Kutilmaganda telba yigitni yakkayu yolgiz onasi xam olamdan utib koladi. Onasiga butunlay boglanib kolgan Telba yigit onasining ulimidan ancha vakt uziga kela olmay yuradi. Xech kimga kerakmas, nochor, telba yigitni xayotiga judayam chiroyli, boyning kizi kirib keladi. Va shu kundan boshlab uni xayoti kuvonchga tula boshlaydi. Onasini ulimidan uziga kela olmay yurgan telba yigit boyning kizi bilangina ovuna boshlaydi. Telba yigit u kiz bilan sayr kiladi, ovkatlanadi, suxbatlashadi va kattik sevib koladi.
Ammo takdir bu kizni xam telba yigitdan tortib olib kuyadi. Kiz boshkasiga turmushga chikib ketadi. Xayotida ikkinchi zarbaga uchragan telba yigit bu xolatni tushinmay u kizni kelin bulib tushgan uyi darvozasidan ketmaydi kechayu- kunduz kutaveradi. Xattoki kizni eridan kaltak xam yeydi, xurlanadi! Kiz baxtsiz edi. U eri bilan ajrashadi. Film oxirida telba yigit va boy kizni turmush kurib, baxtli yashayotgani bilan yakunlanadi
Bekjon Zokirov,Rayhona G’aniyeva,Tolib Mo’minov,Shavkat Mamaraimov,Jamshid Xoliqov,Akrom Ahmedov,Tohir Nafasov


































































































