
SHANTAJ
Murod — 35 yoshli, oilali, hurmatli muhandis. Hayoti bir maromda davom etadi, biroq ichida yashirin bo‘shliq bor. Kunlarning birida u bexosdan jozibador, sirli ayol — Joziba bilan tanishib qoladi. Ularning “tasodifiy” uchrashuvlari tezda yaqinlikka aylanadi.Bir kuni Murod va Joziba shahar chetidagi mehmonxonaga borishganda, niqobli begona odam bostirib kiradi. Ular kaltaklanadi, tahqirlanadi va Murodning nomusidan foydalanib, keyin uni shantaj qila boshlaydi.Murod oilasini, obro‘sini yo‘qotmaslik uchun pul to‘laydi, lekin vaqt o‘tishi bilan u shuni anglaydi: Joziba ham o‘sha shantajchining sherigi. Ular erkaklarni tuzoqqa tushirib, pul ishlab kelayotgan jinoyatchilar.Murod o‘z hayotini, oilasini va halolligini saqlab qolish uchun ularga qarshi kurashadi va ularni sirini fosh qiladi. Filimda oila.Muqadasligi va birgina xato inson hayotini butkul o’zgartirb yuborishi asosiy g’oya sifatida ko’rsatilinadi.
Sanjar Nomozov,Muxlisa Qahramonova,Sabina Sodiqova,Umid Sobirov,Shahzoda Turg’unova,Alimardon Ziyovuddinov


































































































