
Ali (35) to'rt yil muqaddam tunda mashinada odam urib ketib, umrbodga qamalgan. 2026- yil bahori Prizident buyrug'i bilan uning ishi qayta ko'rilib, urib ketilgan odam mast holatda ekanligi inobatga olinib, avf etiladi. Ali qamoqdan o'zi kabi ko'plab avf etganlar bilan birgalikda ozodlikka chiqadi. Ali uyiga qaytib keladi. Onasi opasi Munira (37)nikida yashaydi. Alining xotini Nafisa (31) ikki farzandi bilan ota uyiga qaytib ketgan bo'ladi. Ali hammasini qayta boshlashga ahd qiladi. Nafisani qaytarib olib kelishga boradi. Nafisa ketishga tayyor, ammo Nafisaning akasi va otasi bunga qarshilik qiladi. Alining qaynotasi unga avval o'zingga ish top, biror uy ol yoki ijaraga kuchib o't. Qizimni opangni uyiga yuborolmayman. Ularni tinchi buziladi deb maslahat beradi. Alini ozodlikda oson hayot kutib turmaganiga guvoh bo'lamiz. oilasi har qayoqqa tarqab ketgan. Ali oilasini birlashtirish uchun tinim bilmay harakat qiladi. oldidan chiqqan muommolarni yechishga urinadi. Avvolo o'ziga ish izlaydi. Ali avvaliga o'zini uyini qaytarib olishga harakat qiladi. Ammo uyi jabrlanuvchilar manfaati qoplash uchun musodara bo'lib boshqa odamni nomiga o'tib ketgan bo'ladi. Ali (gruzchik bo'lib ishga kiradi.) ijaraga mashina olib taksichilik qiladi. ikki xonali uy ijaraga oladi. Onasini olib keladi. Qizlarini qaytarib olib keladi. Hammasi asl holiga sekinlik bilan qaytmoqda. Ammo Alini vijdon azobi tinch qo'ymas edi. O'zi urib ketgan erkakning oilasi oldida o'zini aybdor, his qiladi. Ali ularning oilasini topib kechirim so'raydi. Ammo u oila Aliga hech nima demaydi. Ali esa oldidagi burchini bajargani kechirish yoki kechirmaslikni oila ihtiyoriga topshirib biroz yengillashgandek ortiga qaytadi.
Asror Hamidov, Asal Axralxo’jayeva, Muqaddas Xoliqova, Dilmurod Uzoqov, Muharram Abduhalilova, Shavkat Xubbimov, Muhammadvali To’lamirzayev, Zaynab Raimova, Rohat Sobirova, Zebo Mirzayeva, Shahzod Ergashev, Akrom Inog’omov, Tavakkal Turiqov, Jasur Pirnazarov, Asilbek Erqo’ziyev, Omon Jonibekov, Shahboz Aliyev, Afruza Amanbayeva, Baxtiyor Komilov, Samia Zafarova, Muhammadsaid Qosimov, Samatjon Tog’ayev, Gulzira Sulaymonova.
























































































































































































































































