
YONINGDAMAN
Farrux to‘shakga mixlanib qolgan onasiga enaga yolaydi. Onasi-Munira har safar kelgan qarovchi bilan urishib ataylab uni haydab yuboradi. Menga hech qanday enagani keragi yo‘q deb turib oladi. Aslida u o‘g‘lini yonida bo‘lishini ko‘proq u bilan vaqt o‘tkazishni hohlaydi. Navbatdagi enga Elmira kelgach uni ham haydab solmoqchi bo‘ladi. Lekin qiz ohir oqibat Munirani ko‘ngliga yo‘l topadi. Bu orada Farrux yahshi ko‘rgan qiziga dil izhori qiladi. Qiz turmush qurish taklifiga rozi bo‘ladi. Farrux to‘ydan keyin onam bilan yashaymiz desa bu tabiiy xolku meni qarshiligim yo‘q deydi. Lekin onasi betob, oyoq qo‘li qimirlamasligini aytganda esankirab qoladi.
Farrux onasining betobligi uchun o‘zini aybdor deb biladi. Ancha yil avval uni qutqarib qolaman deb o‘zi mashina ostida qolgan bo‘ladi. Shuning uchun onasini yonida ko‘p o‘tirolmaydi. Elmira bilan suxbatlashib o‘tirganda bu sir ochiladi. Elmira aybdorlik hisini deb onagizdan uzoqlashmang ular mexringizga muxtoj deb unga tasirli gaplar aytadi. Shundan keyin Farrux o‘zgara boshlaydi. Onasiga yanda ko‘proq e’tibor qarata boshlaydi.
Bora-bora Farrux bilan Elmira samimiy do‘stga aylanadi. Munira ham Elmirani yoqtirib qolgan, uni kelin qilishni istaydi. Lekin Elmira bu taklifni eshtgach qatiyan rad etadi.
Bir yil oldin Elmirani fotixasi buzilgan, qiz ancha tushkun axvolga tushgan, singlisi sizni deb uyga sovchi kelmaydi deb doyim tana qiladi. Onasi ham endi seni uzatolmasam kerak deb ochiq aytadi. Shuning uchun ham ota uyida o‘zini ortiqchaday biladi.
Farruxga fotixasi buzilgan qizni nima qilasiz mendan ko‘ra yahshi qizlar ko‘p deydi. Farrux odamlar gapiraveradi. Men endi baxtimni topdim, menga faqat sen keraksan deb ohirgacha kurashadi.
Elmirani onasi umring kasal boqish bilan o‘tadimi yahshilab o‘ylab ko‘r deydi. Elmira qalbi so‘qir tani sog‘lar o‘rasida yashagandan ko‘ngli toza odamlar bilan birga bo‘lganim yahshimasmi deydi. Singlisi opasiga aytgan gaplari uchun pushaymon bo‘lib undan uzir so‘raydi.
Munira Elmirani kelmayotgani uchun siqilib, asabiylashib o‘tirganda Farrux yoniga kelib enagangiz endi qaytib kelmaydi. Lekin yaqinda keliningizni olib kelaman deydi.
Munira. Rozi bo‘lishdimi deb qattiq xursand bo‘ladi.
MUYASSAR BERDIQULOVA,HOLDOR TURSUNBOYEV,SABINA SODIQOVA,ZAXRO MAMATALIYEVA,UMID SOBIROV,RA'NO MIRZAYEVA,SHAXZODA YeRGASHXO‘JAYEVA


































































































