
Nasiba eri va qizi bilan baxtli hayot kechiradi. Ular kompaniya bergan uyda yashaydi, xizmat mashinasida yuradi. Nasiba esa ikkinchi farzandiga homilador.
Qizining tug‘ilgan kunida uyga dugonalari keladi. Bayram tugagach, eri qizini va uning dugonalarini uylariga tashlab kelish uchun yo‘lga chiqadi. Ammo yo‘lda avtohalokat yuz beradi. Nasiba bir kunda eri va yolg‘iz qizidan ayriladi.
Bu fojiadan keyin uning hayoti butunlay o‘zgaradi. Eri ishlagan kompaniya xizmat uyini va mashinasini qaytarib oladi. Homilador Nasiba boshpanasiz va tayanchsiz qoladi.
Tirikchilik qilish uchun u kurer bo‘lib ishlay boshlaydi. Kun bo‘yi shahar bo‘ylab buyurtma yetkazib yurarkan, turli qiyinchiliklarga duch keladi. Shu bilan birga, qornidagi farzandini dunyoga keltirib, uni yolg‘iz voyaga yetkazish mas'uliyati ham uning zimmasida bo‘ladi.
Hayot Nasibani og‘ir sinovlardan o‘tkazadi. Lekin u taslim bo‘lmaydi. Har bir yetkazilgan buyurtma bilan Nasiba asta-sekin o‘z hayotini ham qayta qurishga harakat qiladi.
"Yetkazib beramiz" — eri va qizidan ayrilgan homilador ayolning hayot bilan kurashi, ona bo‘lish mas'uliyati va yangi hayot boshlashga urinishi haqida hikoya.
A’rofat Ergasheva, Jasmina Raxmonova, Muhlisa Babaqulova, Aziza Abduqodirova, Nurjon Mavlonov, Xondamir Niyozov, Zokir Abdukarimov, Xilola Alimova, Jasmina Agzamova, Asror Iminov, Abu Bakir Shoabdullayev, Xalilulloh Maqsadjonov, Lola Negmanjonova, Jamoliddin Toshpo’latov.
























































































































































































































































