
Film homilador Layloning fe’l-atvori va rashki tufayli turmush o‘rtog‘i Adiz bilan o‘rtalarida yuzaga keladigan qiziqarli hamda samimiy munosabatlar bilan boshlanadi.
Shu bilan birga, chet eldan qaytib kelgan xudbin va yengiltak Faridaning ukasi Umid hamda uning homilador ayoli Noilaning xonadonida sodir bo‘layotgan voqealar yoritiladi. Faridaning tungi klublarda yurishi va tartibsiz hayoti oilada ketma-ket janjallarga sabab bo‘ladi.
Boylik orttirish ilinjida yurgan Farida restoran xodimasi Zuxra bilan til biriktirib, o‘ziga boy o‘lja qidiradi. Zuxra orqali u badavlat tadbirkor — Ravshan akani, ya’ni Adizning dadasini nishonga oladi.
Farida o‘zini “saratonga chalingan, o‘tmishda ko‘p azob chekkan bechora ayol” qilib ko‘rsatib, Ravshan akaning ishonchiga kiradi. Ravshan aka unga rahmi kelib, Faridaga uylanishni va uni chet elda davolatishni taklif etadi.
Boshqa tomondan, Faridaning nojo‘ya xatti-harakatlariga chiday olmagan Umid uni uyidan haydab yuboradi. Bundan g‘azablangan Farida shifoxonada yotgan Noilaning yoniga borib, janjal ko‘taradi va unga kuch ishlatishga urinadi. Bu hodisaga Noila bilan bir xonada yotgan Laylo guvoh bo‘ladi.
Nihoyat, Ravshan aka Faridani o‘z oilasi — Adiz va Laylo bilan tanishtirish uchun restoranga olib kelganida kutilmagan burilish yuz beradi. Laylo Faridani darhol tanib qoladi va uning shifoxonada ko‘targan janjali aks etgan videoni Ravshan akaga ko‘rsatib, barcha haqiqatni va Faridaning asl basharasini ochib tashlaydi.
Rejasi barbod bo‘lgan Farida voqea joyidan qochib ketadi.
Yakunda Farida IIB xodimlari tomonidan tovlamachilik va giyohvand moddalar savdosida ayblanib, hibsga olinadi. Umid o‘z qo‘llari bilan yasagan beshikni homilador ayoliga sovg‘a qilib, oilaviy baxtga erishadi.
Shifoxonada esa Laylo va Adizning qiz farzandi dunyoga keladi. Adiz ilk bor otalik quvonchini his qiladi.
Mehriddin Raxmatov, Ziyoda Ruzikulova, Parviz Qayumov, Kumush Zokirova, Begzod Zokirjonov, Aziza Axralxadjayeva, Dilnoza Isoqova, Yulduz Jo‘raqulova, Zaxro Mamataliyeva, Anora Nazarova, Odil O‘roqov, Jamshid Qobilov, Rayyona Axmedova.
























































































































































































































































