
Nomussiz
Katta kompaniyada ish boshqaruvchi bo'lgan Bahrom bir qaraganda, hamma narsasi bor, oilasi va qizalog'i bilan baxtli. Lekin oila ichidan yemirilib borayapti. Bahrom ayoli Irodaga xiyonat qilib yuribdi. Yana eng yaqin do'sti Asrorning ayoli Zulxumor bilan. Aslida Bahromga tegishli bo'lgan uy-joy, ish hammasi uning qaynotasi tomonidan berilgan. Bahrom necha yillardan beri, qaynotasi kompaniyani uning nomiga o'tkazishini kutib yashaydi va o'sha kuni keladi. Qaynotasi unga hamma narsani nomiga o'tkazib bergach, u ochiq o'yin qilishga o'tadi. Ya'ni Zulxumor bilan birga nikohdan o'tib birga yashamoqchi va Iroda bilan ajrashmoqchi bo'ladi. Lekin bularning hammasi aslida o'yin bo'lib chiqadi. Iroda erining xiyonatlaridan allaqachon xabar topgan va otasini ham bu o'yinga ko'ndirgandi. Natijada Bahrom bir tiyinsiz ko'chada Zulxumor bilan qoladi. Asror ham Zulxumor bilan ajrashadi. Iroda bu bilan cheklanmay ularga yanada kattaroq jazo berishni xoxlaydi. Zulxumor Bahromdan xomilador edi. Soxta xujjatlar orqali Zulxumorni Bahromning tug'ishgan singlisi qilib ko'rsatadi. Bunga chidolmagan Bahrom o'z joniga qasd qiladi. Aslida Zulxumor uning singlisi emas edi.
SANJAR NOMOZOV,NURJAXON XAYDAROVA,MUXLISA QAHRAMONOVA,TIMUR KUBAYEV,SHERZOD PIRMATOV,ZUHRA ASHUROVA,SITORA XAYRULLAYEVA


































































































