
Ximoyadagi qiz
Avazbek — hech qachon ish yutqazmagan mashhur advokat, Lutfilla — moxir shifokor. Ularning farzandlari Sevinch va Shoxrux unashtirilgan. Bir kuni Shoxrux mast holda Sevinch bilan yurganida, Mansur ismli odam Sevinchga tegajoqlik qiladi. Sevinch uni temir bilan uradi, Shoxrux esa qattiq kaltaklaydi. Ular qochib ketishadi.
Hodisa kameraga tushib qoladi, video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladi. Ota-onalar bolalarini himoya qilish uchun dalillarni yo‘q qiladi. Mansur komaga tushib, keyin vafot etadi. Jinoyat ochilmaydi, hamma hayot odatiy holga qaytadi, hatto to‘yga tayyorgarlik boshlanadi.
Lekin vijdon azobi tinchlik bermaydi. Bir kuni voqeaga guvoh bo‘lgan odam paydo bo‘ladi va Avazbekni milisiyaga chaqirib haqiqatni aytishni talab qiladi. Avazbek jinoyatni tan olishga qaror qiladi, Lutfilla esa o‘g‘lini himoya qilish uchun qarshi chiqadi. Oralarida qattiq janjal chiqib, Lutfilla Avazbekni pichoqlab qo‘yadi. Shu bilan drama fojiali tarzda yakunlanadi.
Xurshid To’xtayev,Avaz Qodirov,Dilnoza Parpiyeva,Umid Sobirov,Zilola Quvvatova,Nodira Murtazayeva,Orif Rajabqulov


































































































