
Qasos
Jalil va Sulton bir paytlar do‘st bo‘lgan, ammo katta pul sabab dushmanga aylangan ikki tadbirkor. Sulton 20 yil avval singlisini va uning bolasini Jalildan ayirib ketgan. Oradan yillar o‘tib, Jalil o‘ch olish uchun chet elda yashagan o‘g‘li Avazni chaqiradi. Rejaga ko‘ra, Avaz Sultonning yagona qizi Hilolaga yaqinlashib, unga uylanadi va keyin uni sharmanda qilib, Sultonni barbod qiladi.Ammo Avaz Hilolani chin dildan sevib qoladi va bu adovatni tugatmoqchi bo‘ladi. Jalil bunga rozi bo‘lmaydi. To‘y bo‘ladi, lekin Jalil yashirincha Hilolani o‘ldirtiradi. Avaz aqlidan ozadi, Sulton qizining o‘limiga chiday olmay halok bo‘ladi. Jalil esa qasosning oxir-oqibatda hammani, jumladan o‘zini ham halokatga olib kelganini anglaydi.
Xurshid To'xtayev,Xilola Alimova,Jahongir Teshaboyev,Laylo Obidjonova,Tolib Mo'minov,Muxlisa Boboqulova,Dildora Muhammedova,Abdulaziz Jalilov,Javohir Odiljonov,Jasurbek Xalimov,Xondamir Niyozov


































































































