
Tungi poyga vaqti avtohalokatga uchragan yosh shifokor Boburga otasi Hamid aka qat'iy shart qo‘yadi. U o‘g‘lini o‘zini o‘nglab olishi va tajriba orttirishi uchun chekka qishloq shifoxonasiga ishga yuboradi. Bobur qishloqqa kelib, ammasi Sojida opaning uyiga joylashadi.
Shu qishloqda oila tashvishlarini, yosh singlisi va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan og‘ir fe'lli dadasining parvarishini o‘z zimmasiga olgan Zarina ismli qiz yashaydi. Bobur va Zarinaning ilk uchrashuvlari va munosabatlari turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar va hazil-mutoyibalar bilan boshlanadi.
Qishloq shifoxonasidagi faoliyati davomida Bobur oddiy va samimiy odamlarning dardi bilan yuzlashadi. U nafaqat bemorlarni davolaydi, balki insonlar taqdiriga, oilaviy muammolariga ham befarq bo‘lmaydi.
Bobur G‘ulom aka bilan yaqindan muloqot qilib, uning oyoqlari Aslida ruhiy to‘siq va qo‘rquv sababli ishlamay qolganini, u qizlari uni tashlab ketishidan qo‘rqib davolanishdan voz kechayotganini bilib qoladi. Bobur G‘ulom aka bilan gaplashib uni shahardagi zamonaviy klinikada davolanishga ko‘ndiradi.
Otasining o‘zgarganini va Boburning yordami bilan oyoqqa turib borayotganini ko‘rgan Zarina unga nisbatan minnatdorchilik va muhabbat his qiladi. Biroq, oradagi ijtimoiy tabaqa va turli tushunmovchiliklar (Boburning shaharlik qiz do`sti Nozima sababli) Zarina va Bobur o‘rtasida biroz masofa paydo qiladi.
Bobur o‘z burchini muvaffaqiyatli o‘tab, otasining ishonchini oqlaydi. U shaharga qaytgan bo‘lsa-da, qalbi qishloqda — Zarinaning yonida qolganini tushunadi. Bobur ota-onasi bilan kelishib, qishloq hududida yangi zamonaviy klinika qurish loyihasini boshlaydi.
G‘ulom aka to‘liq oyoqqa turadi, Boburning onasi Komila opa Zarinani ko‘rib, uni kelin qilishga chin dildan rozi bo‘ladi. Bobur Zarinaga o‘z muhabbatini izhor qilib, unga uzuk taqadi. Zarinaning roziligi bilan hikoya baxtli yakun topadi.
Sherzod Pirmatov, Zilola Po'latova, Zilola Quvvatova, Sanjar Namozov, Gulruxsor Toirjonova, Imom Miryusupov, Jasmina Rahimjonova, Sevara Umarxo'jayeva, Hilola Alimova, Jaxongir Xojimatov, Mahmud Choriyev.
























































































































































































































































