
YANGI YIL MO’JIZASI
Bobur- realist yigit. U hechqanday yangi yil, hechqanday mo'jizalarga ishonmaydi. Xatto do'stlari bilan birga nishonlashni ham xoxlamaydi. Bayramga shunchaki oddiy kun deb qaraydi. Ota-onasi chet elga dam olgani ketishgan va u uyda yolg'iz qolgan. Ishdan bayram ta'tilini berishadi va uyga qaytayotganda hammasi boshlanadi. Yo'lda bir daftar topib oladi va unda "Yangi yilgacha qilishim kerak bo'lgan ishlar" deb yozib qo'yilib 10 ta ish yozilgandi.Bobur bu ishlarni o'zi bilmagan xolda qila boshlaydi va har bir qilingan ishda tasodifan bir qiz bilan to'qnash kelaveradi. Uni yuragida Yangi yilga, mo'jizaga bo'lgan ishonch paydo bo'ladi va film oxirida mo'jiza bu qandaydur sehr emas balki qalbimizdagi muhabbat ekanligini tushunib yetadi.
Muhammadali Aliyev,Nozanin G'afforova,Asror Hamidov,Fotima Oripova,Ibrohim Davronbekov,Ra'no Abdurahmonova,Zaxro Mamasoliyeva


































































































