
YARIM BAXT
Kozim biroz jahildor va ko'chada pul uchun sudxo'r va harxil jinoyatchilarga yordamlashib pul topib yuradigan va onasi bilan yoshligida ajrashgan otasi bilan biroz kelisholmaganida, ijara uyda alohida yashab yuradigan alamzada yigit. Uning bir ukasi va singlisi bor. Kozim yaqinlari uchun jonini berishga ham tayyor yigit. Voqeaning boshidayoq Kozimni qilayotgan ishlari oilasiga yomon ta'sir qilayotgani otasining jahil aralash gaplaridan ochiladi. Kozimning ukasini ko'chada begonalar kaltaklab ketishadi. Kozimni otasi bundan Kozimni ayblaydi. Sen ortirgan dushmanlaring, ukangni o'lasi qilib kaltakladi deydi. Kozim ukasini kaltaklagan deb o'ylab o'zi qarz olgan va qarzini bermagani uchun ukamni urishgan deb, kafe egasini yoniga jahil qilib oradi ammo u odam ukasini urmaganini aniqlaydi. Aslida ukasi psixatrop dorilarga o'rganib, ulardan qarz bo'lgani uchun kaltaklangani voreada ochiladi. Kozim o'sha yerda kafe boshlig'ining qizi Bonuni bir ko'rishda yoqtirib qoladi. Kozim onasi va singlisini topadi va otasi ular bilan yashaydigan bo'ladi. Bir kuni Kozimni ukasini dori sotganlar o'g'irlab ketadi va uni Epilepsiya kasalligi borligiga qaramay qiynab urishadi. Kozim bundan xabar topib, ukasini qutqargani borganida, ukasi allaqachon joni uzilganini ko'radi. Bonu kelib qoladi va Kozimni tinchlantiradi. Kozim Bonu tufayli yaxshi yo'lga kiradi va hato yo'ldan uzoqlashadi….!
OTABEK RAHMATILLAYEV,SUG’DIYONA UBAYDULLAYEVA,JASUR BAHODIROV,RASHID XOLDOROV,ZILOLA PO’LATOVA,G’AYRAT HUSAYINOV,FARHOD MUXTOROV,JASURBEK XALIMOV,SHAXZODA ERGASHXO’JAYEVA,


































































































