
Sen bilan Uchrashguncha
Ko'zi ojizlar jamiyatida ishlaydigan O'ktam, bir kuni ishxonasiga kelsa direktor unga bir ish taklif qiladi. Ko'zi ojiz qizni uyiga borib o'qitish, unga musiqadan dars berish, o'qishni, yozishni o'rgatish kerak edi. Qizning oilasi o'ziga to'q oila bo'lgani uchun uyiga kelib o'qitishga ustoz qidirishayotgan edi. Yigit rozi bo'ladi. Qizni uyiga borgach bir ko'rishdayoq qizni sevib qoladi. Chunki qiz judayam go'zal edi. Unga hamma narsani o'rgatib boshlaydi. Vaqt o'tib qiz ham unga mehr qo'yadi ammo yigitning yuzida kuygandan qolgan katta chandiq bor edi. Ularni munosabatini ko'rgan qiznig onasi xavotirga tusha boshlaydi. Bir kuni yigitga boshqa kelmasligini buni oxiri yaxshilik bilan tugamasligini, qizni otasi bilib qolsa O'ktamni tinch qo'ymasligini tushuntiradi. O'sha kundan boshlab yigit u uyga boshqa bormaydi. Qizni axvoli esa yomonlashadi. Qizni otasi bundan xabar topgach ularni munosabatiga qarshilik qilmaydi. Qiz ko'zi ojiz bo'lishiga otasi sababchiligi uchun operatsiyaga rozi bo'lmayotgan edi. O'ktam esa uni operatsiyaga ko'ndiradi. Qiz operatsiyaga kirgach uni otasi O'ktamni haydab soladi. Qiz operatsiyadan chiqqach O'ktamni izlaydi lekin u yo'q edi. Lekin ikki yoshni bir-biriga bo'lgan muhabbati sabab ular hammasini yengib o'tishadi. Qiz uning yuzidagi chandiqqa parvo ham qilmaydi.
Shaxzod Hojizoda,Tamar Hazratqulova,Madina Begimjonova,Otabek Sharipov,Faridxon Yo’ldoshev,Laylo Obidjonova,Tolib Mo’minov,Dildora Muhammedova,Sitora Xudoynazarov.


































































































