
Qirmizi Olma
Maxliyo, o'z olamiga ega aqilli tarbiyali, mehribon qiz. Bir kuni ko'chada ketayotganida, bir yigit uni to'xtatib birdan quchoqlab oladi. Nima bo'layotganini tushunmagan qiz unga tarsaki tortadi. Yigit esa tinmay uni Malika, Malika deb chaqiradi. Men Malika emasman dep ketayotganida yigit xushini yo'qotib yiqiladi. Kasalxonada ko'zini ochgan yigit yonida Maxliyoni ko'radi. Ko'p o'tmay palataga yigitning qaynonasi keladi va qizni ko'rib shokka tushadi. Voqelar nega bunaqa bo'lgani o'shanda oydinlashadi. Malika va Jasur avtoxalokatga uchragan. Malika olamdan o'tgan Jasur esa xotirasini yo'qotgan bo'ladi. Eng qizig'i Malika va Maxliyo bir-biriga ikki tomchi suvdek o'xshash edi. Malikani o'limi xaqida Jasur bilmasligi kerak edi, aks xolda sog'lig'i yana yomonlashishi mukin bo'ladi. Maxliyo bu gaplarni Jasurni qaynonasidan eshitgach rahmi keladi. Unga aytmaslikka, har xaftada kelib undan xabar olib turishgan so'z beradi. Maxliyoni yigiti Suxrob buni noto'g'ri tushunadi. Lekin oradan biroz vaqt o'tib Maxliyoni ko'zi ojiz bo'lib qoladi. Suxrob esa undan yuz o'giradi. Oqibatda Jasur va Maxliyo birga bo'lishadi.
Sug’diyona Ubaydullayeva,Timur Kubayev,Xondamir Niyozov,Maftuna Ahmadaliyeva,Tamara Hazratqulova,Xosiyat Husanova,Muharram Abduhalilova,Mashhura Xolmedova,Shohida Usmonov


































































































