
ERING MENIKI
25-26 yoshlardagi uchta dugona – Nargiza, Malika va Rayhona kafeda ovqatlanib gaplashib o‘tirishibdi. Shu payt ularga qarama-qarshi stolga bir qaddi-qomati kelishgan, mushaklari bo‘rtib chiqqan, egnidagi kiyimlari ham qimmatligi shundoqqina bilinib turgan erkak kelib o‘tiradi. U ofisiantga taom buyurtma qilarkan, Rayhona bilan Nargiza o‘zaro ko‘z urishitrib, yigitga ishora qilib qosh uchirib qo‘yishadi. Rayhona juda kelishgan yigit ekan, deydi. Nargiza esa shuni o‘rash kerak deyapti. Ularni bu gaplariga Malikani biroz jaxli chiqib gapiradi. Nima qilasanlar shunaqa gaplarni, balkim u yigitni oilasi bordir. Uyida bolalari kutayotgandir deydi. Rayhona bilan Nargiza Malikani gapiga mazza qilib kulishadi. Nima qilibdi oilasi bo‘lsa, xozir yurmaydigan erkak yo‘q dugonajon deyishadi. Malikani esa battar jaxli chiqadi. Hamma erkaklar senlar o‘ylagandekmas, mana meni erim umuman hech kim bilan yurmaydi! Chunki meni qattiq sevadi deydi. Bu gapga Rayhona qosh chimirib qo‘yib xohlasam eringni bittada ilintirvolaman deydi. Malika bu gapga jon-jahdi bilan qarshi chiqib erim hayotda senlarga qayirilib ham qaramaydi. Chunki meni qattiq sevadi! Biz bir-birimizni sevamiz! Men ularni bitta-yu, bitta ayoliman! Menga hech qachon hiyonat qilmaydilar! deb turib oladi. Rayhona bilan Malikani ensasi qotib kulishadi. Oxir-oqibat uchchala qiz garov o‘ynashadi. Shartga ko‘ra rayhona bilan Nargiza bir oy ichida Malikani erini yo‘ldan urishi kerak. Xiyonat qilishga majburlashi kerak. Malika bemalol ishonch bilan garov o‘ynaydi. Baribir yutqazasanlar deydi.Shundan keyin garov o‘yin boshlanadi. Rayhona bilan Nargiza xar turli nayranglar o‘ylab topib Malikani erini yo‘ldan urishga harakat qilishadi. Oradan bir oy o‘tib garov muddati tugaydi. Lekin Rayhona bilan Nargiza Malikani erini yo‘ldan urisholmaydi. Kafeda o‘tirib buni tan olishadi. Malika xursand bo‘lib men sizlarga nima degandim. Erim oilasiga hayotda hiyonat qilmaydi deb sevinadi. Dugonalarini garov shartida yutib ko‘ngli hotirjam bo‘lib kafedan uyiga qaytadi. Malika garovda yutganidan, dugonalari erini yo‘ldan urolmaganidan xursand bo‘lib boshi ko‘kka yetib yurarkan, kunlaning birida do‘kon chiqayotib, erini bir ayol bilan ko‘rib qoladi. Malika ko‘zlariga ishonmay erini ortidan poylashga tushadi. Eri va haligi ayolni poylab yurib bir uyga keladi. Uydan ikkita bolachalar chiqib erini quchog‘iga “Dada!” deb osilishadi. Malikani nafas olishi tobora qiyinlashib, tishini tishiga qo‘yib zo‘rg‘a chidaydi. Uyiga qaytadi. Eri ham uyiga qaytganida kechasi undan kunduzi qayerlarda yurganin so‘raydi.Eri ishda edim deagnida alamiga chiday olmay eriga uni bugun tasodifan kuzatganini, uni bir ayol bilan yurganini ko‘rganini, oxrii bir uyga borgshanini, undagi bolalar haqida ham to‘lib-toshib hayajon bilan gapiradi. Malikani eri biroz o‘ylanib turib, chuqur ho‘rsinadi va oxiri yoriladi. Ha, ular meni oilam, sen men bilan ko‘rgan ayol, mening birinchi turmushim! Quchog‘imga otilgan bolalar farzandlarim. Sen esa ikkinchi ayolimsan! deydi. Bu gaplardan Malikani esi chiqib ketay deb o‘tirib qolib qo‘llari va oyoqlari majolsizlanib qaltiraydi. Yuragi gupillab urib o‘zidan ketib qoladi...
JAMILA GʻOFUROVA,UMIDXO‘JA BOBOXO‘JAYEV,INOBAT MATYOQUBOVA,NURIYA YUSUFXONOVA,DILNOZA TURSUNOVA,ZIYODA RO‘ZIQULOVA


































































































