BizMedia
Ko'z yoshim

Ko'z yoshim

Tizerni ko'rish

KO‘Z YOSHIM 
Ko‘p qavatli uylar  oldiga yuk mashinasi kelib to‘xtaydi. Elbek  ayoli Zebiniso va onasi Zarbuvi bilan  3-qavatdagi uyga  ko‘chib keladi. Yon qo‘shnisi Go‘zalxon va qizi Mahliyo, o‘g‘li Gʻolib bilan tanishadi. Kechki payt Elbek va oilasi dasturxon atrofida ovqatlanishganda Zarbuvi ona va xotini Zebiniso bir olib, biri qo‘yib Go‘zal opani maqtashadi. Shu vaqtda tashqaridan baqir-chaqir ovozlar eshitiladi. Elbek chiqsa bu tovushlar yon qo‘shnisi Go‘zal opaning uyidan chiqayotgan bo‘ladi. U nima qilishni bilmay qoladi. Eshikni taqillatib tinchlantirmoqchi ham bo‘ladi-yu, yana er- xotin orasiga tushishga ikkilanadi. Zinada Toshmat paydo bo‘ladi. Elbek uni gapga tutadi. Go‘zal opaning uyida janjal bo‘lyapti biron narsa qilish kerak deganda, u pinagini ham buzmay Jamshid aroqxorligini xotini Go‘zaldan aroqqa pul talab qilib kunora uyida janjal bo‘lishini aytadi. Qo‘limizdan hech ish kelmaydi mahalladagilar, “uchaskovoy” ham necha marta kelib ketgan, bari befoyda deydi. Elbek noiloj uyiga kiradi. Kunlarning birida Go‘zal opaning uyida janjal bo‘ladi. Elbek ishdan kechroq qaytayotganda qo‘shnisining eshigi ochiq Jamshid aka o‘g‘lining yaqinda olgan krasovkasini olayotgan paytga to‘g‘ri kelib qoladi. Jamshid aka krasovkaning puliga aroq olmoqchi bo‘ladi. Elbekning rahmi kelib Jamshid akaga pul berib, qo‘lidagi krasovkani qaytarib oladi. Toshmat Elbekka u oiladan uzoq yurishni Jamshid yaxshilikni bilmaydigan yaramas insonligini aytadi. Lekin Elbek va uning onasi va ayoli Go‘zal opaga va bolalariga qo‘ldan kelgancha yordam qo‘lini cho‘zadi. Bu Jamshidning g‘ashini keltiradi. Bir kuni Jamshid Elbekning mashinasiga miq bilan chizib, “yoqol” deb yozib ketadi. Bundan vaximaga tushgan Zebiniso ьu yerdan ketaylik deydi. Aslida Elbekning shoshilinchda yangi uyga ko‘chishining sababi bor edi. Ular 10 yil farzand kutib, xomilador bo‘lganida bolasi bir oy yashab nobud bo‘lgandi. Bu esa Zebinisoga qattiq ta’sir qiladi. Yangi joyda dardini unitsin, balki joy almashtirsak yana bolali bo‘larmiz degan niyatda edilar. Shu sabab ham Zebiniso va Elbek Go‘zal opaning bolalariga g‘amxo‘rlik qilishni istaydi.  Jamshid o‘larday mast holda uyiga kelib o‘g‘li bilan tortishib qoladi. Baqir-chaqir ovozni butun padez eshitsa ham hech kim e’tibor bermaydi. Jamshidning qiliqlariga hammasi o‘rganib qolgan. Zebiniso eriga Jamshid aka bilan o‘chakishmang, oldiga chiqmang deb turib oladi. Noiloj u ham uyidan chiqmay, baqir-chaqirni eshitmaslik uchun televizorni baland qilib qo‘yadi.Jamshid  qo‘lidagi aroq shishasi bilan o‘g‘lini urmoqchi bo‘lganda Go‘zal opa bolasini himoya qilaman deb o‘zini tutib beradi. Natijada shisha orqa miyasiga zarb bilan kelib uriladi. Tez yordam keladi Go‘zal opani olib ketishadi. Militsiya kelib Jamshid akani olib ketadi va qamaladi. Go‘zal opaning kuchli zarb natijasida bir qo‘li, bir oyog‘i ishlamay qoladi. Elbekning vijdoni qiynaladi. Befarqlik qilganidan, yonida zo‘ravonlikni ko‘ra-bila turib, unga qarshi kurashmaganidan afsuslanadi. Go‘zal opa nogiron. Dori-darmonga, ro‘zg‘orga puldan qiynalishganda Elbek ularga yordam qiladi. Zebiniso  bolali bo‘lish uchun davolanishga pul kerakligini hadeb qo‘shniga sarflamasligini so‘raydi. Bu orada 40 yoshdagi yengiltak ayol Kamila 18yoshli Mahliyoni yoldan urmoqchi bo‘ladi. Uni uyini tozalashga chaqiradi. Miyasini zaxarlamoqchi bo‘ladi. Ukasiga tabletla beraman puldor tanishlaringga sotsang senga ulush tegadi. Onangni davolatishga, ro‘zg‘oringga ko‘mak bo‘ladi deydi. Go‘zal opa Kamila bolalarini yo‘ldan ozdirmoqchiligini Zarbuvi xolaga aytib yordam so‘raydi. Ikkisi Kamila bilan gaplashib ogohlantiradi. Zebiniso uyida chang bosgan tikuv mashinasida Mahliyoga tikishni o‘rgatadi. Ko‘ylak tikib pul topadi. Elbek mashina tuzatadigan qo‘stiga iltimos qilib Gʻolibni shogirdlikka beradi. Bir kuni Mahalla yig‘ilishida Elbek so‘zga chiqib. Go‘zal opaga yordam beraylik deydi. Toshmat va unga o‘xshaganlar Elbekka qarshi gap aytib, bu ularning muammosi, nega biz yordam berishimiz kerak ekan deb norozi bo‘lishadi. Uning bu ahvolga tushishida biz ham aybdormiz. Ko‘ra-bila turib bu ayol va bolalarini himoya qilolmadik, ular taqdiriga befarq bo‘ldik. Zero, har bir inson taqdiri  hammamizga taesir qiladi deydi.
Bugun yonimizdagi bitta bekorchi bolai e’tiborsiz qoldirsak, ertaga ishsiz omadsizga aylanadi. Kun kelib o‘sha bekorchi bola qaysi birimiznikiga o‘g‘rilikka tushishi mumkin. Yoki tovlamachilik qilib chuv tushirib ketishi, yoki biron yaqinimizga ozor berib qotillikka qo‘l urishi mumkin.  Demak yo‘lini topolmayotgan odamni to‘g‘ri yo‘lga solish, muhtojlarga ko‘mak bersak, nafaqat ularga yaxshilik qilgan bo‘lamiz, balki atrofimizda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan yomonliklarning oldini olgan bo‘lamiz. “Dushmanlaringizdan qo‘rqmang- nari borsa, sizni o‘ldirishi mumkin. Do‘stlaringizdan qo‘rqmang- nari borsa, sizga hiyonat qilishlari mumkin. Befvrq, loqayd odamlardan qo‘rqing. Chunki dunyodagi barcha yomonliklar ularning befarqligi tufayli uzoq yashaydi” deydi. Toshmat va unga o‘xshagan pulga o‘ch  2-3tasi  yig‘ilishdan chiqib ketadi. Yordam bermaydi. Boshqalar Go‘zal opaga yordam berishga ahd qilishadi. 
     2 yildan so‘ng....
Elbek uyida bolasini o‘ynatib o‘tiradi. Go‘zal opa sog‘lom holida Elbekning uyini taqillatadi. Zarbuvi xolani so‘raydi. Qiziga yana sovchilar kelganini uyiga chiqishini iltimos qiladi. Zebiniso eriga siz bilan fahrlanaman. Siz tufayli Go‘zal opa ko‘pchilikning yordami bilan shifo topdi. Bolalari yomon yo‘llarga kirib ketmadi. Mahalla ahli rosa ahil bo‘lib bir-birining holidan xabar oladigan bo‘ldi. Olloh mukofotlab, farishtaday qizimizni berdi. Sizday bag‘rikeng insonlar oramizda ko‘payaversin deydi. Shu bilan tamom.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

85 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

IZZAT QALANDAROV

Operator

JASUR PIRNAZAROV

Ssenariy muallifi

VAZIRA TURSUNOVA

Rollarda

Umid Bobojonov,Fotima Oripova,Madina Begimjonova,Masuda Otajonova,Jumagul A’zamjonova,Saida Umarova,Sardor Saydullayev,Iqbol Oshiqov

Boshqa filmlar
Bir lahza

Bir lahza

2025Melodrama
Meni esla

Meni esla

2025
Qiz ovchilari

Qiz ovchilari

2025
Rashk oʻti

Rashk oʻti

2025
Ikkinchi hayot

Ikkinchi hayot

2025
Bekatdagi muhabbat

Bekatdagi muhabbat

2025
Shabnam

Shabnam

2025
Qonli iz

Qonli iz

2025
Men bilan qol

Men bilan qol

2025Drama, ijtimoiy realizm, muhabbat va xiyonat
Nomus va qasos

Nomus va qasos

2025
Sevgi va nafrat

Sevgi va nafrat

2025
Sen uchun

Sen uchun

2025
Zaharli muhabbat

Zaharli muhabbat

2025
Daxshatli uy

Daxshatli uy

2025
Soʻnggi qadam

Soʻnggi qadam

2025
Sevgimiz uchun

Sevgimiz uchun

2025
Jonim qizim

Jonim qizim

2025
Salom Yevropa

Salom Yevropa

2025
Chimildiqdan qochgan qiz

Chimildiqdan qochgan qiz

2025
Aldanganlar

Aldanganlar

2025
Bir uyda sevishganlar

Bir uyda sevishganlar

2025
Sevgi operatsiyasi

Sevgi operatsiyasi

2025
Qabrdagi qoʻngʻiroq

Qabrdagi qoʻngʻiroq

2025
Qimmat o‘yin

Qimmat o‘yin

2025
Qora yurak

Qora yurak

2025
Tugmacha

Tugmacha

2025
Men uchun sen

Men uchun sen

2025
Muhabbat manzili

Muhabbat manzili

2025
Faridam

Faridam

2025
Arvox Pari

Arvox Pari

2025
O’tmishdagi xato yoxud qochish

O’tmishdagi xato yoxud qochish

2025
O‘tmishdagi sir

O‘tmishdagi sir

2025
Sen menga keraksan

Sen menga keraksan

2025
Qonli g'alaba

Qonli g'alaba

2025
To‘y qachon

To‘y qachon

2025
Yarador qalb

Yarador qalb

2025
Nomus yo'li

Nomus yo'li

2025
Og'ir gunoh

Og'ir gunoh

2025
Jonim fido

Jonim fido

2025
Maxfiy o'yin

Maxfiy o'yin

2025
Qalb yarasi

Qalb yarasi

2025
So'nggi nafas

So'nggi nafas

2025
Uydan qochish

Uydan qochish

2025
Bir kunlik sevgi

Bir kunlik sevgi

2025
Soxta to'y

Soxta to'y

2025
Qopqon

Qopqon

2025
Qizil oyna

Qizil oyna

2025
O'gay yurak

O'gay yurak

2025
Nomus va muhabbat

Nomus va muhabbat

2025
Qishloqi millioner

Qishloqi millioner

2025
Begunoh

Begunoh

2025
Xiyonat badali

Xiyonat badali

2025
Adashgan kapalak

Adashgan kapalak

2025
Fitna

Fitna

2025
Men seni istayman

Men seni istayman

2025
Alvido

Alvido

2025
Aldangan ayol

Aldangan ayol

2025
Qasos

Qasos

2025
Qashshoq millonerlar

Qashshoq millonerlar

2025
Pul va ko'ngil

Pul va ko'ngil

2025
Ikki yuzli odam

Ikki yuzli odam

2025
Tanlov

Tanlov

2025
Xiyonat yo'li

Xiyonat yo'li

2025
Qizil soyalar

Qizil soyalar

2025
To'yda ko'rishamiz

To'yda ko'rishamiz

2025
Aybdor

Aybdor

2025
Keragimsan

Keragimsan

2025
Iztirob

Iztirob

2025
Soxta hayot

Soxta hayot

2025
Ikkinchi turmush

Ikkinchi turmush

2025
Garovdagi muhabbat

Garovdagi muhabbat

2025
Komadagi sevgilim

Komadagi sevgilim

2025
Ering meniki

Ering meniki

2025
Yoningdaman

Yoningdaman

2025
Ayol qalbi

Ayol qalbi

2025
Begona gul

Begona gul

2025
Intizorim

Intizorim

2025
Nomussiz

Nomussiz

2025
Sen bilan uchrashguncha

Sen bilan uchrashguncha

2025
Yarim baxt

Yarim baxt

2025
Suratdagi haqiqat

Suratdagi haqiqat

2025
Qora ko'zlar

Qora ko'zlar

2025
Shantaj

Shantaj

2025
Qirmizi olma

Qirmizi olma

2025
Madina

Madina

2025
Oqibat

Oqibat

2025
Xiyonat

Xiyonat

2025
Yangi yil mo'jizasi

Yangi yil mo'jizasi

2025
Marjona

Marjona

2025
Manyak

Manyak

2025
Telba

Telba

2025
Shafqatsiz o'yin

Shafqatsiz o'yin

2025
Ximoyadagi qiz

Ximoyadagi qiz

2025
Rishtalar

Rishtalar

2025
Vijdon azobi

Vijdon azobi

2025
Kutilmagan yangi yil

Kutilmagan yangi yil

2025
Qizil ko'z yoshlar

Qizil ko'z yoshlar

2025
Menga qiz tug‘asan, yoxud kutilmagan qiz

Menga qiz tug‘asan, yoxud kutilmagan qiz

2025
Yuragim-ey

Yuragim-ey

2025