
“Pul va ko‘ngil” — muhabbat va insoniylik haqidagi hikoya. Film boy oila farzandi, tadbirkor yigit Shahzod haqida. U do‘sti Anvar bilan bahslashib, restoran xodimlari oddiy odamlarga qanday muomala qilishini tekshirish uchun o‘zini qurilishchi qilib ko‘rsatib restoranga kiradi.U yerda Farida ismli ofisiant qiz uni hurmat bilan kutib oladi, yaxshi xizmat ko‘rsatadi va hatto puli yetmaganida tug‘ilgan kuni munosabati bilan yordam beradi. Shahzod Faridaning samimiyligiga oshiq bo‘ladi.Shahzod o‘zini oddiy ishchi sifatida tanishtirib, Farida bilan yaqinlashadi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Farida boy oilaning qizi bo‘lib, onasidan ayrilgan, otasi boshqa ayolga uylangani uchun uydan chiqib ketib, mustaqil hayot kechirayotgan bo‘ladi.Ijtimoiy farqlarga qaramay, ularning munosabati o‘zgarmaydi va Shahzod Faridaning qo‘lini so‘raydi. Film puldan ko‘ra ko‘ngil, insoniylik va samimiylik ustun ekanini ko‘rsatadi.
Kumush Zokirova,Parviz Qayumov,Elbek Zaripov,Timur Komilov,Mehriddin Rahmatov,Yorqinoy Gaziyeva,Xondamir Niyozov


































































































