
Onasi vafot etgach, yolg‘iz va boshpanasiz qolgan sodda, beozor qiz — Intizor otasi Sherali akaning uyiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi. Biroq Sherali akaning sovuqqon ayoli Nozima va uning xudbin qizlari Intizorni oilaning teng huquqli a’zosi sifatida emas, balki xizmatkordek qabul qilishadi. Nozima o‘tmishdagi alamlari va erining xiyonatini unutmagani sababli Intizordan tezroq qutulishga harakat qiladi.
Nozima Intizorni boy dugonasi Go‘zalning o‘g‘li Nodirga turmushga uzatadi. Ammo Nodir aslida ruhiy jihatdan nosog‘lom va zo‘ravon yigit bo‘lib chiqadi. U yangi xonadonida Intizorni tinmay kamsitib, ruhiy va jismoniy azoblarga soladi. Otasi va atrofidagilar Intizorning nolalariga befarq qaraydilar.
Intizorga faqat otasining chet eldan qaytgan katta o‘g‘li — Sanjargina yordam qo‘lini cho‘zadi. Sanjar Intizorni Nodirning zo‘ravonliklaridan qutqarib olib chiqadi va unga o‘zi ochgan restoran biznesini topshirib, o‘ziga bo‘lgan ishonchini qaytaradi.
Ikki yildan so‘ng Intizor o‘z ustida ishlab, o‘qib, muvaffaqiyatli va mustaqil ayolga aylanadi. Intizorni vaqtida tashlab qo‘ygan, unga zug‘um o‘tkazgan oila esa og‘ir sinovlar oldida qoladi. Sherali aka insult bo‘lib, to‘shakka mixlanadi, Nozima esa uni parvarish qilishdan charchab, chorasiz ahvolga tushadi. Shunga qaramay, Intizor qalbidagi mehr va iroda sababli ularga yordam qo‘lini uzatadi.
Sardor Saydullayev, Gulnoza Saidova, Otabek Haqberdiyev, Muharram Abduxalilova, Abdulloh Ma’sudov, Sitora Xudoynazarova, Shahzoda Xo‘jayeva, Arofat Abduraximova, Aslbek Orziyev.
























































































































































































































































