
SOXTA XAYOT
Voqea Farrux uyida sovg‘a salom bilan Maxliyoni kutib o‘tirishdan boshlanadi. Maxliyo ishdan keladi. Xolatni ko‘rib xayron bo‘ladi. Farruxdan bu sovg‘a salomni sababini so‘raydi. Farrux “Shunchaki sen bilan bayram qilgim keldi. Bitta zo‘r loyixani imzoladik. Shuni nioshonlaymiz”. Maxliyo xursand bo‘ladi. Farrux unga gullar, va taqinchoq beradi. Maxliyo taqinchoqlarni taqib oladi. Farrux ichkilik ichadi. Maxliyo Farruxni birinchi marta ichayotganidan xayron bo‘ladi. Farrux ichki alam bilan ichadi. Lekin Maxliyoga sezdirmaydi. U sarxush bo‘lishni boshlaydi. Farrux telefon karopkasini beradi. Maxliyo – Yangi telefon. Raxmat Farrux aka. Maxliyo karopkani ochadi. Undan rasm chiqadi. Maxliyo va uning xushdori Dostonni birga tushgan rasmi. Maxliyo qo‘rqib ketadi.
Fleshbek: Doston mashinasiga o‘tirayotgani mashina oynasiga ramlar qistirilganini ko‘radi. Olib ko‘radi. maxliyo bilan dostonni rasmi.
Shunda Farrux – xozirni o‘zida chiqib ketmasang o‘zimga javob berolmayman. Sen asl muxabbatni farqi bormas ekansan. Umuman olganda asl narsalarni farqiga bormas ekansan. Buyningdagi taqinchoq xam aslida soxta edi. Shu paytgacha soxta xayot kechirib yurgan ekansan. Seni yurish turishing uyimdagilarimga qilib yurgan momilang xammasi soxta. Yaxshiyam farzandimiz yo‘q. Yo‘qol ko‘zimdan- deb xaydab yuboradi. Maxliyo yig‘lab chiqib ketadi. Farrux alamdan ichishda davom etadi.
Erta tong. Farrux uyg‘onda. Bosh og‘rig‘i uni azoblaydi. U o‘rnidan turib xonadan chiqadi. Xonadan chiqishi bilan Valijon (dadasi)uning yuziga tarsaki tushiradi. Farrux xayron bo‘ladi. – Dada bu nima qilganiz. Qachon keldingiz. Nega uryapsiz?-deydi. Valijon uni qo‘shni xonaga olib kiradi. Xonada Maxliyo yuzlari ko‘kargan, boshlari bint bilan bog‘langan xolda yotibdi. Yonida Iroda(onasi), Ra’no (maxliyoni xolasi) o‘tiribdi. Farrux nima bo‘layotganiga tushunmaydi. Valijon – nomard shunaqa xam urasanmi qo‘ling singur- deb uni urishib beradi. Farrux shokga tushadi.
BUNYOD RO‘ZIMUHAMMADOV,GO‘ZAL KOMILOVA,ZILOLA PO‘LATOVA,OTABEK XAQBERDIYEV,IZROXAT MURODOVA


































































































