
Voqea oddiy ammo mehrga boy oilaning orzulari bor qizining yaxshi kunidan boshlanadi. Ota onasi oddiy odamlar bo'lsa ham yakkayu yagina qizini o'qitishadi, uning kelajagi uchun kurashishadi. Juda baxtli oilaligi ko'rsatiladi. Ammo unga parallel ikkinchi voqeadagi liniya boy va maishatdan boshi chiqmaydigan o'g'li ham, otasi ham faxshdan bo'shamaydigan boy bo'ladi. Sadir boyligidan ayoliga vaqt ajratmaydi, u doim yosh qizlarni bir kechalik hirsi yo'lida qurbon qilib yuradi. Navbat o'sha oddiy va orzusi bor oilaning yolg'iz qizi-Zahroga keladi. Sadir Zahroni nima qilsa ham quchog'iga olishni reja qiladi. Ayoli mehribon va erini to'g'ri yo'lga sololmaydigan ayol bo'ladi. U o'g'liga ham otasiga o'xshab ketayotganidan doim alam bilan arz qilib yashaydi. Sadir boyligini ham harom ishlardan ortirgan bo'ladi. Hamma narsani pul bilan hal qilib, pul bilan hamma narsadan qutilib qolishni doim eplaydi. U Zahroni o'g'irlaydi va maqsadiga yetadi. Zahro nomusiga chidolmay o'zini o'ldiradi. Bu jinoyatni Zahroni otasi Sadir qilganini isbotlolmaydi lekin aniq billadi. O'sha kundan boshlab Zahrining otasida Sadirdan qasd olish maqsadi paydo bo'ladi. Uni uzoq kuzatadi. Oxiri uni maishatboz o'g'lini kuzatadi va unga ho'rak bo'layotgan bechora qizni qutqarib, uni o'ldiradi va Sadirning eshigi oldiga tashlab ketadi. Sadir o'g'lining jasadiga yopishtirilgan hatni o'qib, o'ldirgan qizni otasining ta'sirli alamli so'zlarini o'qiydi. Sadir afsus qiladi. O'zini yoonligini o'ziga qaytganini his qiladi va voqea so'ngida Sadirning boshqa harom ishlari ochilib uyini militsiya bosadi. Zahroni otasi esa, o'zini qonunga topshiradi yoki nima bo'lgani voqeada tomoshabin uchun ochiq qoldiriladi…!
Jahongir Teshaboyev, Abror Yo'ldoshev, Dildora Umarova, Laziza Azimova, Tolib Mo'minov, Dildora Muhammedova, Valijon Mirzayev, Siroj G'aniyev, Dilnoza Parpiyeva, Shafoat Nabiyeva, Abror Mallaboyev, Dilshod Bo'tayev, Ziyoda Botirova, Rohat Sobirova.
























































































































































































































































