
“Begona gul” — voqeaga asoslangan psixologik drama.
Film Sevaraning O‘g‘iloydan kelgan sirli smsni olishi bilan boshlanadi. O‘g‘iloy qo‘ng‘iroqlarga javob bermaydi. Birozdan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, O‘g‘iloy o‘z joniga qast qilgan bo‘ladi.
Dafn marosimidan keyin Sevara O‘g‘iloy qoldirgan xatni o‘qib beradi. Xat orqali O‘g‘iloyning og‘ir hayoti ochiladi: otasi Shokirning doimiy janjallari, oiladagi bosim, opa-singillarning turli dardlari, onasining kasalligi va uydagi muhit uni ruhiy jihatdan sindirgani ko‘rsatiladi.
O‘g‘iloy Azlarni sevgani, Sevaraning esa unga sadoqatli dugona ekani ma’lum bo‘ladi. Ammo oilaviy muammolar uni hayotdan umidini uzishga olib keladi. U xatda “o‘lsam, dadamning tashvishi kamayadi” deb yozadi, bu esa otasini qattiq iztirobga soladi.
Film oxirida Sevara va Azlar O‘g‘iloy bilan bog‘liq xotira joyiga kelib, uni yodga olishadi. Filmda O‘g‘iloyning nozik qalbi, she’riyatga mehri va barcha opa-singillarning ichki kechinmalari chuqur yoritiladi.
Sarvinoz Mansurova,Shahzoda Ergashxo'jayeva,Bahodir Mirmaqsudov,Tamara Hazratqulova,Rayyana Jo’rayeva,Odina Umaraliyeva,Munisa Rajabova,Laziz Rustamov,Faridxon Yo'ldoshev,Xondamir Niyozov,Jamshid Husainov


































































































