
SURATDAGI HAQIQAT
Bir kuni kechasi ishdan qaytayotgan 35 yoshlar atrofidagi Samad uyga kelsa ayoli Noila pichoq sanchilgan joni uzilgan xolatda topiladi. Ichki ishlar xodimlarini chaqirishadi. Kameralar o'chirib qo'yilgan kim kirgani nomalum. Tergovchi so'roq qilganda ko'chani boshida bir yigit yugurib ketayotgan holda uni yonidan o'tib ketganini eslaydi va tergovchiga aytadi. Ikkinchi kuni u yigitni topishadi. Samadni uyidan esa o'sha yigitni barmoq izlari topiladi. Uni ismi O'tkir edi. U Noila bilan birga valyuta savdosida ishlardi. O'tkir va Samadni yuzlashtirishadi. Samad uni eslaydi sen ayolimni o'ldirgansan dep yoqasidan oladi. Lekin O'tkir uyga kirganda Noila o'lib yotganligini aytadi. Vaziyat chiggalashadi. Tergovchi nega uyga kirganini so'raydi, shunda O'tkir, Noila bilan ishqiy munosabati borligini tan oladi. O'tkirni ayblab endi qamaymiz deyishayotganida Samadni besh yoshli o'g'li tergovchiga bir rasm beradi. Rasimda esa Samad Noilani pichoqlagani tasvirlangan edi. Samadning o'g'li hammasini ko'rdim deydi. Shu tariqa suratdagi haqiqat oshkor bo'ladi
Talat Yo'ldoshev,Muxlisa Qahramonova,Laziz Orziyev,Otabek Uskanov,Umid Xasanov,Shaxnoza Sheraliyevna,Ra’no Egamberdoyeva,Oygul Abdurahmonova


































































































