
Yigit sevgan qizini himoya qilish uchun yuzaga kelgan janjalda bir kishini urib yuboradi. Vaziyat og‘irlashib, u odam vafot etadi. Yigit qotillikda ayblanib, bir necha yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Qamoqda o‘tgan yillar davomida u qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, ozodlikka chiqqach, hayotini yangidan boshlashga qat’iy ahd qiladi.
Ammo uni tashqarida kutayotgan hayot u tasavvur qilganidek emas edi. Yigit qamoqdan chiqqanida sevgan qizi uning eng yaqin do‘stiga turmushga chiqqanini biladi. Qiz endi badavlat xonadonda, farovon hayot kechiradi. Yigit esa na ish, na boshpana, na o‘ziga ishonch topa oladi. Odamlar uning qamoqda o‘tirganini bilishi bilan undan yuz o‘giradi.
Shu paytda eski do‘sti unga yordam qo‘lini cho‘zib, haydovchilik ishini taklif qiladi. Yigit bu taklifni qabul qiladi. Taqdirning kutilmagan o‘yini bilan uning haydovchisi bo‘lib qolgan xonadon aynan sevgan qizi yashayotgan uy bo‘lib chiqadi.
Yigit va qiz yana yuzma-yuz kelishadi. Yillar davomida yurak tubida ko‘milgan tuyg‘ular qayta uyg‘onadi. Qiz ham uni hali ham unutmaganini yashirishga urinadi. Ularning har bir uchrashuvi, har bir qarashi va aytilmay qolgan so‘zlari eski muhabbatni qayta jonlantiradi. Biroq ikkalasi ham bu tuyg‘uning qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi biladi.
Eng dahshatlisi esa — do‘st hammasini sezib qolgan bo‘ladi. U xotinining sobiq sevgilisi bilan munosabatlari oddiy emasligini anglab, ikkalasini fosh qilish uchun ataylab vaziyat yaratadi. U yigitni xotiniga yaqinlashtirib, keyin ularni birga ushlab olishni rejalashtiradi.
Yigit esa do‘stining asl niyatidan bexabar. U bir tomondan sevgan qizidan voz kechishga, ikkinchi tomondan esa hayotini qayta tiklashga urinadi. Qiz esa eri, oilasi va qalbidagi eski muhabbat o‘rtasida qoladi.
Do‘stining tuzog‘i tobora torayib borar ekan, o‘tmishdagi qotillik siri ham qayta ochila boshlaydi. Yigit o‘sha kuni qizni himoya qilganini, aslida voqea qanday sodir bo‘lganini isbotlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Endi u oldida ikki yo‘l turadi: sevgan qizini deb yana hamma narsasidan ayrilish yoki haqiqatni ochib, o‘z nomini oqlash. Ammo bu safar uning qarori faqat o‘z taqdirini emas, uch insonning butun hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkin
Talat Yo'ldashev, Jahongir Teshaboyev, Shaxsenem Abdujamilova, Raʼno Egamberdiyeva, Jahongir Hojimatov, Anora Nazarova, Shavkat Mamarahimov, Begzod Ismoilov, Samandar Hazratqulov, Sobir Atayev, Sobir Yoʻldoshev, Sayyora Alisherova, Zavqiddin Qurbonov.
























































































































































































































































